Главная » 2021 » Январь » 24 » Italiyada TikTok’dagi xavfli chellenjni bajarishga qaror qilgan 10 yoshli qiz vafot etdi
10:17

Italiyada TikTok’dagi xavfli chellenjni bajarishga qaror qilgan 10 yoshli qiz vafot etdi


Sitsiliyada 10 yoshli qizcha “blekaut” nomli chidamlilikka bo‘lgan chaqiriqni bajarish vaqtida nafas yetishmasligidan vafot etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Reuters’ning yozishicha, chellenj vaqtida ishtirokchilarga kamarni bo‘yindan o‘tkazib, video yozib bo‘lingunga qadar nafas olmaslik taklif etilgan.

“Qizchani vannaxonadan besh yoshli singlisi topib olgan bo‘lib, uning yonida telefon yotgan. Oqibatda ijtimoiy tarmoqning yosh foydalanuvchisi shifoxonada vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Italiya hukumati kamida 15-fevralga qadar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining barcha tekshirilmagan akkauntlarini o‘chirishga qaror qilgan.

O‘z navbatida TikTok’ning ma’lum qilishicha, kompaniya qizni chellenjda ishtirok etishga majburlagan biror kontentni topa olmagan. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilishga bo‘lgan ehtimoliy undash bo‘yicha tergov ishlarida hukumatga yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan.

“TikTok’ning xavfsizligi — birinchi navbatdagi vazifamiz, shu sababli xavfli xatti-harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki targ‘ib qiluvchi har qanday kontentga ruxsat bermaymiz”, — deydi TikTok vakili.

Avvalroq Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tiktok, Qiz, Italiyada, chellenjni, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя