Главная » 2016 » Декабрь » 27 » Jahongir Otajonov: “Ba’zilar meni faqat nasha chekadi, deb o‘ylashadi”
09:48

Jahongir Otajonov: “Ba’zilar meni faqat nasha chekadi, deb o‘ylashadi”


Xonanda Jahongir Otajonov xonadonida ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Bu haqda xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Bahonada xonanda o‘zini nasha chekishini taxmin qiluvchi muxlislarning fikrlariga ham izoh berdi. 

“Uyimning kiraverishi ya’ni Dolon uchun(Xorazmda bunday xonani dolon deyishadi, hozirgi kunda Hall desa ko‘pchilik tushunadi), qisqasi o‘zimning dizaynim bilan bo‘lgan desam uncha ishonishmaydi. Ba’zilar faqat nasha chekadi, deb o‘ylashadi. Bunaqa ishlar ham qilaman, buni uyat joyi yo‘q. Mobodo ovozim bo‘g‘ilib qolsa, usta bo‘laman, kafel terishni esa Shvesiyada o‘rganganman”,—deb yozdi Jahongir Otajonov.

“Oldimdagi esa usta Bahodir aka. Qanaqa qo‘yishni ko‘rsatyapman ya’ni ‘Kafelni yopishtirib ketavermaydi, aka’, deb”,—deydi Jahongir Otajonov ta’mir ishlari aks etgan suratni izohlab.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Jahongir Otajonov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя