Главная » 2018 » Апрель » 19 » Яна бир соҳа ходимлари текин уй-жойлар билан таъминланади
10:05

Яна бир соҳа ходимлари текин уй-жойлар билан таъминланади


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinganini xabar bergan edik.

Ushbu farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlarda:

faoliyat yuritayotgan uy-joyga muhtoj xodimlarni xizmat uy-joylari bilan ta’minlash;

ko‘p yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilish ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, farmonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlariga xizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini ta’minlash ham nazarda tutilgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uy-joy, tekin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя