Главная » 2020 » Май » 10 » JCh-2022 qoldiriladimi? FIFA vakili javob berdi
20:14

JCh-2022 qoldiriladimi? FIFA vakili javob berdi


2022 yil Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati boshqa muddatga qoldirilishi ko‘rib chiqilmayapti. Bu haqda Rossiyaning RIA Novosti agentligi muxbiriga FIFA vakili ma'lum qilgan.

Manbada aytilishicha, FIFA yig‘ilib qolgan o‘yinlarni qulay muddatda o‘tkazish uchun a'zolar bilan maslahatlashgan holda yechim topadi: «Pandemiya vaqtida futbol jamoatchiligi birdamlik ko‘rsatmoqda va FIFA bu koronavirusning futbolga ta'sirini kamaytirishiga ishonadi», deb FIFA vakilining so‘zlarini keltirgan RIA Novosti. 

Agentlikning suhbatdoshi 18 mart kuni FIFA tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgani, bu guruh pandemiya vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqqani va xususan, xalqaro o‘yinlar kalendari bo‘yicha ishlayotganini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab JCh-2022 saralash o‘yinlari to‘xtatib qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasining Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarshi (9 iyun) o‘yinlari noma'lum muddatga qoldirilgan. Saralashning «D» guruhida qatnashayotgan O‘zbekiston 9 ochko bilan o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: javob berdi, vakili, qoldiriladimi, FIFA, JCh-2022 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя