Главная » 2020 » Апрель » 27 » Jizzaxda koronavirus yuqtirgan barcha bemorlar tuzaldi
16:19

Jizzaxda koronavirus yuqtirgan barcha bemorlar tuzaldi


Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sog‘ayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol barchasi ushbu viloyatdan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichiga 31 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Jizzaxdan tuzalib chiqqan 33 yoshli va 31 yoshli bemorlar (erkak) jizzaxlik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirus yuqtirgan, barcha bemorlar, Jizzaxda, tuzaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя