Главная » 2021 » Январь » 12 » Jizzaxda qulab tushgan binoni chorvador fermer qurayotgan bo‘lgan
18:14

Jizzaxda qulab tushgan binoni chorvador fermer qurayotgan bo‘lgan


Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 12 yanvar kuni, kuning ikkinchi yarimida ushbu komissiya Jizzax shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazdi.

Inshoot ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgani aytilgan. Ammo qulagan inshoot egasi nomi “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ emas, “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi ekan.

Ushbu fermer xo‘jaligi Forish tuman hokimining 2017 yil 28 iyuldagi qarori bilan “Darvoza” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida lalmi yerda qorako‘l qo‘ychilikka ixtisoslashtirib tashkil etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahrining “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan bino inshoot va egallagan yer maydoni bilan “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi mulki sifatida 2019 yil 22 aprelda 18365-son reyestr bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Fermer xo‘jaligi Jizzax shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Jizzax shahar hokimining 2019 yil 17 sentyabrdagi qarori bilan “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan binoni buzib, o‘rnida birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar joy binosi sifatida qayta qurishga ruxsat berilgan. Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasi arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART I-II) hujjatlari ishlab chiqilgan.

“Discovery architects group” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, “Shaharsozlik ekspertizasi” davlat unitar korxonasi Jizzax viloyati filialining xulosasi olingan va viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda ruxsatnoma olingan.

Qurilishni loyihasi, ruxsatnoma olishda barcha texnik hujjatlar qanchalik to‘g‘ri ekanligi, halokatga loyihalashtirishdagi kamchiliklar sabab bo‘lganmi yo‘qligi hozircha noma’lum. Bu komissiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozircha aniq bo‘lgani shuki, qurilishning byurtmachisi ham, pudratchisi uning egasi ya’ni – “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligining o‘zi bo‘lgan. Ko‘p qavatli uylarni qurishda tajribasi yo‘q, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi bu ishni qanday uddalagani esa kecha ma’lum bo‘ldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jizzaxda, fermer, chorvador, qulab tushgan, binoni, qurayotgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
12.01.2021 Спам
Енди айб фермердами


Ответ:

avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя