Главная » 2021 » Апрель » 7 » Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi
17:01

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi


«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

  • «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi;
  • «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi;
  • Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‘riklisoy» turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kurort, Xalqaro, Jizzaxda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя