Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Kartoshkadan pishiriq - odatiy mahsulotlardan noodatiy yegulik
13:27

Kartoshkadan pishiriq - odatiy mahsulotlardan noodatiy yegulik


Zarur masalliqlar (4 kishilik): 250 gr. go‘sht qiymasi, 250 ml. o‘simlik yog‘i, 50 gr. maydalangan yong‘oq, 6 ta kartoshka, 1 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq un, 1 choy qoshiq tomat, tuz, murch, zira.

Tayyorlanishi:

1. Kartoshkalarni qaynatib, ezing. Un va tuxum solib, yaxshilab aralashtiring.

2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovuring. Go‘sht qiymasini ham qo‘shib, yana 7 daqiqa qovurishda davom eting. Keyin maydalangan yong‘oq, tomat va tuz, zira solib, 3 daqiqa olovda qoldiring.

3. Kartoshkali aralashmadan aylanachalar yasab, o‘rtasiga qiymadan soling. Keyin tugib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Kartoshka, odatiy mahsulot, Kartoshkadan pishiriq, noodatiy yegulik, pishiriq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя