Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Keyt Middltonning ochiq kiyimdagi suratlarini chiqargan jurnallar ustidan sud ishi boshlanadi
13:08

Keyt Middltonning ochiq kiyimdagi suratlarini chiqargan jurnallar ustidan sud ishi boshlanadi


Fransiyada Britaniya gersoginyasi Keyt Middltonning ochiq kiyimdagi suratlarini chop etgan 6 nafar jurnalist, suratkashlar, “La Provence”, “Closer Magazine” kabi fransuz nashrlari menejerlari, shuningdek, Silvio Berluskonining Arnoldo Mondadori Editore kompaniyasi sud qilinish arafasida, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
 
Ushbu suratlar 2012 yil chop etilgan. Sud jarayoni 2017 yilda boshlanishining ehtimoli katta. 
 
OAV vakillari shaxsiy hayotga dahl qilishda ayblanmoqda. Ushbu nashrlar chop etgan suratlar nafaqat fransiyaning o‘zida, balki Shvesiya, Daniya, Irlandiyadagi nashrlarda ham bosib chiqilgan.
 
Ayni vaqtda, Keyt Middlton hamda shahzoda Uilyamning ushbu davlatlar bilan sudlashishlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
 
Ma’lumot uchun, Keyt Middltonning 2012 chop etilgan suratlari, o‘sha yilning sentyabrida katta janjalga sabab bo‘lgandi. O‘shanda nashrlar shahzoda Uilyamning rafiqasini ochiq kiyimda, oftobda qoraygan holatdagi suratini chop etishgan. Ushbu suratni birinchilardan bo‘lib “Closer” nashrdan chiqargan va u 10 ming yevro miqdoridagi jarimani to‘lagandi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Keyt Middlton, ochiq kiyimdagi suratlar, sud, sud ishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя