Главная » 2017 » Июнь » 4 » Kollej o‘quvchisi o‘z kursdoshlari tomonidan o‘ldirildi
15:15

Kollej o‘quvchisi o‘z kursdoshlari tomonidan o‘ldirildi


Kecha, 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali Toshkent shahridagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida may oyida sodir bo‘lgan voqea haqidagi xabarlar bir zumda tarqalib ketdi.


Foydalanuvchilarning yuragini larzaga solgan voqea shu kollejning 2-kurs talabasi Jasur Ibrohimov taqdiri bilan bog‘liq. Gap shundaki, 1999 yil 11 dekabrda tug‘ilgan Jasur o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan, uzoq vaqt davom etgan davolanish va jarrohlik operatsiyalari besamar ketib, natijada bevaqt hayotdan ko‘z yumdi.

Jasur Ibrohimovning onasi yuz bergan fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yozib, adolat qaror topishini va aybdorlar jazolanishi so‘radi. Marhum Jasurning onasi yozgan xatini tez orada e’tiboringizga havola etamiz.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘quvchi, kursdosh, kollej, o‘ldirildi, tomonidan | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя