Главная » 2021 » Июль » 7 » Konor bilan 10 marta jang qilsam, 10 tasida yutaman — Pore
10:44

Konor bilan 10 marta jang qilsam, 10 tasida yutaman — Pore


Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore agar Konor Makgregor bilan uzoqroq jang qilsa, 10 ta jangdan 10 tasini yutishini ta’kidladi.

“Konorning fikricha, men unga oyoq zarbalari bergan paytimda, u menga tashlanib muvaffaqiyatga erishishi kerak. Men esa umuman “lou-kik”lar (oyoqqa tepish) haqida o‘ylamayapman, mashg‘ulotlar payti hattoki ularni mashq ham qilmadim. Konor jangni iloji boricha tezroq yakunlashga urinadi. Sababi u tez charchab qoladiganlar toifasidan. 

U vaqt o‘tishi meni foydamga ekanini juda yaxshi biladi. Aminmanki, agar jang bir raunddan uzoqroq davom etsa, Konorni 10 ta jangdan 10 tasida yutgan bo‘lardim. Uning yagona o‘zgacha jihati bu jangni tezlik bilan o‘z foydasiga hal qila olishida, biroq bu menga qarshi naf bermaydi”, deydi Dastin Pore.

Eslatib o‘tamiz, Pore hamda Makgregor o‘rtasidagi ushbu jang ikki sportchi uchun uchinchisi hisoblanadi. Avvalgi ikki bahsning biri durang bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchisida Dastin Pore Konorni nokdaunga uchratib, g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Jang 10 iyul tongida “UFC 264 Main Card” doirasida bo‘lib o‘tadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Pore, Konor, jang | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя