Главная » 2020 » Август » 16 » Koronavirus pandemiyasining bu oqibati hech kimning xayoliga ham kelmagan
19:34

Koronavirus pandemiyasining bu oqibati hech kimning xayoliga ham kelmagan


Koronavirus tarqalishi bilan plastik jarrohlik rivojlanishi avj oldi, deya xabar berdi «New York Times» nashri.

Gazetaning ta’kidlashicha, pandemiya davrida turli servislar yordamida video aloqa bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar soni bir necha baravar oshgan. Biroq bunday o‘zgarishlar hammani ham xursand qilmagan ko‘rinadi — ko‘pgina odamlar o‘zini o‘zi yoqtirmay qolgan. To‘g‘rirog‘i, kadrdagi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois plastik jarrohlar xizmatidan foydalanish ko‘paydi.

«Bu yil yozdagi kabi hech qachon yuzni torttirish bo‘yicha bunchalik ko‘p operatsiyani bajarmaganman», — deya tan olgan atlantalik plastik jarrohi, doktor Dayana Aleksander.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 18-maydan iyulning oxirigacha 251 ta ana shunday muolajani amalga oshirgan. Aksariyat mijozlari: «Zoom orqali qo‘ng‘iroq qilgandim, bilmayman nima bo‘lganini, lekin ko‘rinishim dahshatli edi», deya nolishadi.

Nashr bunday trend kutilmaganini yozmoqda. Chunki AQShda plastik jarrohlik ancha qimmat — turli muolajalar 3,3 ming dollardan 25 ming dollargacha baholanadi. Ustiga-ustak, plastik operatsiyalar ko‘pincha sug‘urta bilan qoplanmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: pandemiyasining, xayoliga ham kelmagan, bu oqibati, Koronavirus, hech kimning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя