Главная » 2020 » Апрель » 22 » Koronavirus qanday yuqadi? Olimlar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi
10:42

Koronavirus qanday yuqadi? Olimlar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi


Koronavirus ustida tadqiqot o‘tkazgan Germaniyaning Bonn universiteti Virusologiya va VICh tadqiqotlari instituti olimlari virusni yuqtirishning deyarli yagona yo‘li COVID-19 kasaliga chalingan insonlar bilan uzoq muddatli yoki yaqin muloqot, degan to‘xtamga kelishdi. Bu haqda institut rahbari Xendrik Shtreyek ma’lum qildi, deb yozmoqda RBK.

Institut 46 tasi o‘lim bilan tugagan 1,4 mingdan ortiq koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan Germaniyaning Xaynsberg shahrida oxirgi haftalarda katta tadqiqot olib bordi.

Tadqiqotchilar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi.

«Eshik tutqichlari, telefonlar, hojatxonalardan olingan namunalardan laboratoriya sharoitida  viruslarni tiriltira olmadik», — dedi Shtreyek.

Institutning xulosasi shu: narsa-buyumlardan koronavirusni yuqtirish ehtimoli o‘ta past.

Infeksiyalarning talafotli tarqab ketishiga doim odamlarning (ya’ni kasallar va sog‘lom insonlarning) o‘zaro yaqin va davomli muloqoti sabab bo‘lgan, deydi institut rahbari.

Berlindagi Charité universiteti virusologi Kristian Drosten ham xuddi shunga o‘xshash xulosaga kelgandi. Uning aytishicha, sezuvchanligi juda yuqoriligi bois koronavirus havoda qurib qoladi. Shuning uchun ham u kasal inson bilan yaqin muloqot qilinganda faqat tomchi yo‘li orqali o‘tishi mumkin.

Rossiyalik epidemiolog Nikolay Briko ham koronavirus havoda yarim soat, uzog‘i bilan uch soatda halok bo‘lishini aytib, virus faqatgina yaqin muloqot qilganlar o‘rtasida tarqaydi, degan fikrni bildirgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus qanday yuqadi, narsa-buyumlar, olimlar, tirik viruslarni, topisha olmadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя