Главная » 2020 » Апрель » 22 » Koronavirus sabab “Barselona“ jamoasining stadioni nomi o‘zgaradi
16:12

Koronavirus sabab “Barselona“ jamoasining stadioni nomi o‘zgaradi


“Barselona“ futbol klubi koronavirusga qarshi kurashish maqsadida mablag‘ to‘plash uchun o‘zining “Kamp Nou“ stadioni nomini sotishga qaror qildi. Stadion nomi huquqi sotilgandan so‘ng jamoa rahbariyati unga yangi nom bermoqchi.

1957 yilda ochilganidan beri hech qachon Ispaniya futbol grandi o‘zining stadioni nomini o‘zgartirmagan. Ammo butun dunyo bo‘ylab inson hayotini izidan chiqargan koronavirus epidemiyasi ushbu an’anani o‘zgartirdi.

“Biz universal xabar yubormoqchimiz: birinchi marta kimdir o‘z kompaniyasi nomini “Kamp Nou“ deb atash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu sotuvdan tushgan tushum jamoaga emas butun dunyoga sarflanadi. Tashabbus favqulodda vaziyatda paydo bo‘ldi“, deydi klub vitse-prezidenti Jorji Kardoner.

Shunisi e’tiborga loyiqki, tushgan mablag‘ Kataloniya va butun dunyodagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Boshqacha aytganda, Kataloniya klubi koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi.

Ma’lumot uchun, “Kamp Nou“ Yevropadagi eng katta stadion bo‘lib, uning sig‘imi 99000 kishini tashkil qiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: stadioni, jamoasining, Koronavirus sabab, Barselona, nomi o‘zgaradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя