Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi
08:42

Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi


Xonanda Lola “Bilmaysan” deb nom olgan taronasi kimga atalgani haqida so‘zlab berdi. “Darakchi” nashrining MY5kanalidagi “19.09” ko‘rsatuviga asoslanib yozishicha, qo‘shiq Lolaning turmush o‘rtog‘iga atalmagan.

“‘Bilmaysan’ kimga atalgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ular qo‘shiq sobiq turmush o‘rtog‘im uchun kuylanganini ham taxmin qildi”, — deydi Lola.

“Ammo bunday emas. Men unga atab qo‘shiq kuylamayman, u uzoq o‘tmishda qolgan. Hozir esa o‘z yo‘lim va o‘z hayotim bor. Men baxtliman! Bu qo‘shiqni tashlab ketilib, xiyonatga duchor bo‘lsa-da, hali-hamon o‘sha insonini sevishda davom etayotgan ayollarning qalb iztirobini his etgan holda kuyladim”, — deb javob bergan Lola.

“Bilmaysan” qo‘shig‘ining premyerasi 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Oldinda Lolani “Istiqlol” san’at saroyida 3 kunlik konsert dasturi kutib turibdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя