Главная » 2017 » Июль » 18 » Lolaning yangi surati muhokamalarga sabab bo‘ldi
17:09

Lolaning yangi surati muhokamalarga sabab bo‘ldi


Xonanda Lolaning Instagram`ga joylagan yangi surati muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonanda o‘z intervyularida sevgan insonini uchratgani haqida ma’lumot bergan edi. Biroq u shu paytgacha sevgan insoni bilan tushgan suratini to‘lig‘icha ijtimoiy tarmoqlarga joylaganicha yo‘q. Lola ko‘ngil qo‘ygan insoni Moskvada yashashini ma’lum qilgandi.

Lola sevgan insoni bilan qo‘l ushlashib tushgan suratini quyidagicha izohlaydi:

"Er yuzidagi har bir insonning faqat uning uchun yaralgan jufti bor. Taqdir sizlarni albatta uchrashtiradi. Bunga shubha qilmang!"

Mazkur surat qisqa fursat ichida 12 mingta "layk" yig‘di va unga 300 ga yaqin izohlar qoldirildi. Xonandaning hamkasblari, muxlislari unga baxt tilamoqda.

Lola muxlislarining ayrim savollariga javob berar ekan, sobiq turmush o‘rtog‘iga atab hech qachon qo‘shiq aytmagani, uning qo‘shiqlarida ayol qalbi, taqdirlar aks etishini ta’kidladi.

Shuningdek, Lola "Rashkchimisiz?" degan savolga "Ha!" deya javob berdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя