Главная » 2017 » Январь » 12 » Lola o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rmoqchi
17:36

Lola o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rmoqchi


Ayni paytda sayohat qilayotgan xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kasbini o‘zgartirish niyatida ekanligiga shama qildi.

“Hayotingizda hech shunday bo‘lganmi, umr bo‘yi bir ish bilan shug‘ullanasiz, uni sevasiz, yuksak marralarni va yaxshi natijalarni egallaysiz. Yaxshi daromad topasiz, sizga boshqa hech narsa kerakmasdek, shunchaki oqim bo‘ylab suzish va belgilangan yo‘nalishda davom etish kerakdek tuyuladi. 

Biroq, kunlarning birida anglab yetasizki, bu kasb siz kelajakdagi 10 yilda shug‘ullanishni, hayotingiz va vaqtingizni bag‘ishlashni istagan soha emas.

Siz o‘zingizga boshqa nimadir, umuman o‘zgacha narsa kerakligini anglaysiz.

Asosiysi esa, siz o‘zgarishlardan, o‘zingizni boshqa sohada sinab ko‘rishdan,ishni noldan boshlashdan, o‘sish va yangi sohani egallashdan, oldinga intilishdan, kursni o‘zgartirishdan qo‘rqmasligingizni tushunasiz.  Biz axir sinab ko‘rmasdan nimaga qodirligimizni bilmaymiz. 

Bu ajoyib tuyg‘u, sizga aytsam! Agarda u sizda uyg‘ongan bo‘lsa, unga quloq tutish kerak. Hayot bizga cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi! Ol, sinab ko‘r, g‘olib bo‘l!”,—deb yozadi Lola Instagram`dagi sahifasida.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя