Главная » 2017 » Февраль » 8 » Lola sovg‘a evaziga biror mahsulotni reklama qiluvchi shou-biznes vakillarini qoraladi
12:57

Lola sovg‘a evaziga biror mahsulotni reklama qiluvchi shou-biznes vakillarini qoraladi


Xonanda Lola sovg‘a evaziga biror mahsulot yoki xizmat turini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida reklama qilish shou-biznes vakillari o‘rtasida keng tarqalgani va bu uning g‘ashiga tegishini aytib o‘tdi. 

“Do‘stlar, reklama haqida gaplashamiz. Mening sahifamda u juda kam bo‘lsa-da, bor. Tan olib aytamanki, hamma narsani ketma-ket reklama qilishlari g‘ashingga tegadi, ayniqsa bu holat bizning shou-biznesimiz vakillari orasida keng tarqalgan. Kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, restoranlar, kafelar, art-salonlar, gul do‘konlari, qandolat fabrikalari sizga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizda reklama evaziga sovg‘a jo‘natadi. Ular sovg‘a jo‘natganidan so‘ng siz ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda mahsulot haqida ma’lumot berishga majbursiz. Ochiq aytaman, men bunday qilmayman. Agar shunday qilsam ham menga sovg‘a berishgani uchun emas, balki haqiqatan ham shu ma’lumot bilan bo‘lishgim kelgani uchun shunday qilaman.

Men hech qachon o‘zim ishlatmaydigan va hayotimda o‘rin yo‘q bo‘lgan mahsulotni reklama va piar qilmayman. Hech qanday summa evaziga! Men reklama qilayotgan va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda joylashtirayotgan narsalar Tekshirilgan! Ma’qullangan!”, deb yozadi Lola.

Lola mana shu so‘zlarni yozib, poytaxtdagi restoranlardan birida ta’tib ko‘rgan deserti haqida ma’lumot berdi va #reklama emas xeshtegini ham qo‘shib qo‘ydi.

Haqiqatan ham taniqli san’atkorlar, aktyorlar va boshlovchilar, bir so‘z bilan aytganda o‘zbek shou-biznesi vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatar ekansiz, turli mahsulotlar va xizmat turini reklama qilish hollariga guvoh bo‘lasiz. Bu ko‘pincha shou-biznes vakilining o‘ziga yuborilgan sovg‘a uchun ishlab chiqaruvchiga minnatdorchilik bildirishi ko‘rinishida bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя