Главная » 2016 » Ноябрь » 23 » Lolaning konsert dasturidan batafsil
15:07

Lolaning konsert dasturidan batafsil


Estrada yulduzi Lola xalqimiz tomonidan uzoq kutilgan konsert dasturini taqdim etmoqda. Dasturning ilk kuni muxlislar uchun kutilmagan tuhfalarga boy bo‘ldi. Kutilmagan duet taronalar, noodatiy sahna, raqslar jilosi mujassam bo‘lgan dasturga tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashi  yanada fayz qo‘shdi. “Endi yo‘q” deb nomlangan qo‘shig‘i bilan start olgan konsertning ilk daqiqalaridayoq muxlislarni jonlantirib yubordi. O‘zgacha raqs va dekoratsiyalar ham barchani hayratlantirdi. Ko‘rinib turibdiki, Lola raqqoslar bilan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Bir-birini takrorlamaydigan raqslarni deyarli barcha qo‘shiqda kuzatishingiz mumkin.

To‘rt qismni o‘z ichiga olgan dasturda 4 xil imidjda namoyon bo‘ldi. Bu safar ham u o‘z liboslari bilan lol qoldirdi. Kutilmagan obrazlar, liboslar tanlovi konsert nafasiga monand ishlangan.

Qo‘shiqlar tanloviga keladigan bo‘lsak, u konsert dasturini muxlislarning xohish istagi bilan yaratganini sahnada ta’kidlab o‘tdi. Tanlangan qo‘shiqlar uning repertuaridagi eng sara va xit taronalarni tashkil etadi. Jumladan, “Kel”, “Yulduz”, “Xayr”, “Sog‘inch”, “Yaralangan qanot”, Xabar ol”, “Sog‘indim”, “Love me” va boshqalar. Shuningdek u “Ko‘nikmadim” qo‘shig‘ini Shahriyor bilan yangicha talqinda kuyladi. Shohruhxon bilan ijro etilgan  “Yig‘lar osmon” duetisiz dasturni tasavvur qilish qiyin edi. Qolaversa, Rio-2016 Olimpiada o‘yinlari oltin medel sohibi Xasanboy Do‘stmatovning sahnadagi ishtiroki kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Lola har doim konsert dasturini zamonaviy ruhda taqdim qilsa-da, qandaydir qismidan milliylik ufurib turadi. Bu safar u “Tanovar”ga raqsga tushmadi. Aksincha “Otmagay tong”ni ijro qildi. Shuningdek uning qizalog‘i Shahina ham onasi ijrosidagi “Erkatoy” qo‘shig‘ini kuylab, raqsga tushdi.

Mana shunday sovg‘alarga boy bo‘lgan konsertdan bugun ham bahra olishingiz mumkin. Biz esa xonandaga omad tilaymiz. 


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: konsert 2016, Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя