Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?
11:45

Manzuraning diniy fikrlari ko‘rinishiga mos emasmi?


Xonanda Manzuraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi postlarida diniy fikrlar tobora ko‘paymoqda, deb yozadi “Sayyod”.

 Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “Manzuraning diniy fikrlari shou-biznesdagi o‘rniga mos emas”, qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishmoqda.

Masalan, internet foyddalanuvchilarining fikriga ko‘ra, xonandaning yangi "Romeo" klipi xonandaning diniy fikrlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur ayblovlarga Manzura quyidagicha javob berdi:

“Qanday ko‘rinishda bo‘lishim kerak ekan unda?  Doimo kichkina qizaloq ko‘rinishidami? Doimgidek ko‘rinishdaman, shunchaki yoshimga yosh qo‘shilyapti.  Shou-biznes xam musulmonku. Xudoga shukr, xammayog‘im yopiq bo‘lsa. Unday bo‘lsang ham yoqmaysan, bunday bo‘lsang ham. ‘Romeo’ klipida esa yalang‘och emasmanku, hammayog‘im yopiq bo‘lsa, tavba odamlarniyam tushunib bo‘lmaydi. Klipdagi imidjim ‘derzko’ bo‘lsa, bu degani Xudoni unutdi, deganimasku. Bunday noo‘rin tanqid qilayotgan odamlarni esa ochig‘i tushunmadim”. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Manzura | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя