Главная » 2017 » Июль » 14 » Sardor Rahimxon va Manzuradan yana bir tuhfa
15:18

Sardor Rahimxon va Manzuradan yana bir tuhfa


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, jozibali xonanda Manzura bilan "Janim janim" deb nomlangan duet tarona kuylab, xalqimizga tuhfa qilgan edi. Hozirgi kunda o‘z tinglovchilariga ega bo‘lgan bu kompozisiya uchun ijodkorlar videoklip suratga oldirishdi. Tasvirga tushirish ishlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Syomka jarayonlari juda ham qiziqarli o‘tgan klip komedik va hazilomuz yo‘nalishda. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib o‘tgan Halimaxonim va Manzura mojarolari ham aynan shu klipda yakun topdi.

Aslida klipni trek janrida suratga olish rejalashtirilgan edi. Ssenariy ham butkul boshqacha bo‘lgan. So‘ngra komedik yo‘nalishda klip olish fikri tug‘ilgan. Ikki oy tayyorgarlik ishlari olib borildi va shundan so‘ng videoklipni suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Klipda Hasan va Husan Atabaevlar operatorlik vazifasini bajardilar. Rejissyor esa Sardor Rahimxonning ko‘pgina kliplarining muallifi Dilmurod Karimov. Fursatdan foydalanib, xonanda bu klipni ijodiy jamoasiga, Qozog‘istondagi muxlislariga, "Rixos" (Riksos) mehmonxonasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yana bir tuhfa, Sardor Rahimxon, Manzura | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя