Главная » 2017 » Июль » 27 » Musiqiy bilimsiz konservatoriyaga kirgan Sardor Rahimxon nima sababdan o‘qishni tashlab ketgani haqida gapirdi
16:41

Musiqiy bilimsiz konservatoriyaga kirgan Sardor Rahimxon nima sababdan o‘qishni tashlab ketgani haqida gapirdi


O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon konservatoriyaga istisno tarzida ya’ni talab qilinadigan musiqiy bilimsiz qabul qilganini ma’lum qilgan edi.

"Sardor Rahimxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bo‘lgan payti Madaniyat vaziri tavsiyasiga binoan olingan. U olingan payti men yo‘q edim, mensiz qabul qilingan. Lekin Sardor Rahimxon negadir o‘qishga kelmadi va hattoki to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun yarim yilda dargohni tark etdi",—degan edi Dilorom Omonullayeva.

Sardor Rahimxon “Sayyod” bilan suhbatda mazkur vaziyatga oydinlik kiritdi:

“Noto‘g‘ri! To‘lovlarni amalga oshirmaganim uchun emas. Bir oydan keyin o‘qishdan ketganman. Chunki o‘qishga qatnab, bilim olib o‘qishni niyat qilardim. O‘qishga kirgan paytim ijodimdagi mashhurlik kelgan payti bo‘lib o‘qishga borishga vaqtim va imkoniyatim xam bo‘lmadi. Kimlargadir iltimos qilishga, yalinishga majbur bo‘lardim, kerak bo‘lsa balki pul berib, balki pul bermay, endi bu narsa sir emasku. Bilmadim...Aytmoqchimanki, unaqa o‘qishni o‘zimga lozim deb bilmadim. Vijdonim qabul qilmadi. O‘qisam bo‘lardi 4 yil amallab o‘qib, diplomni olib ketardim. Keyinchi? Nima bo‘lardi? Bilim olmasdimku baribir, shunchaki qo‘limda diplom bo‘lishini nima keragi bor? O‘zimni o‘zim aldagim kelmadi, shuning uchun ketganman”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sardor Rahimxon, musiqiy bilim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя