Главная » 2017 » Февраль » 15 » Sardor Rahimxon Rayhon bilan duet kuyladi
11:15

Sardor Rahimxon Rayhon bilan duet kuyladi


Estradamizning beqiyos yulduzi Rayhonning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga sanoqli kunlar qoldi. Xonanda bu konsertga juda ko‘p yangiliklar tayyorlagan. Lekin shoudagi eng shov-shuvli tuhfalardan biri bu duet taronadir. Xonanda mazkur konsert dasturida bir nechta duet qo‘shiqlar ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon bilan  ijro etilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan besh yil avval bu ikki xonandaning hamkorlikda yaratgan "Abadiy" taronasi hali hamon o‘z tinglovchilariga ega. Yillar o‘tsada bu qo‘shiq muxlislar qalbini zabt etib kelmoqda. Navbatdagi duet tarona ham mana shunday omadli bo‘lishi shubhasiz. Hozircha bu qo‘shiq haqida to‘liq ma’lumot sir tutilmoqda. Yangi ijod mahsuli premerasi Rayhonning konsert dasturida taqdim etilishi ham ehtimoldan holi emas. Shunday ekan, kuzatishda davom etamiz.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, Sardor Rahimxon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя