Главная » 2018 » Май » 14 » Messining yo‘qligi “Barselona”ga pand berdi
10:27

Messining yo‘qligi “Barselona”ga pand berdi


Bugun, 14 may kuni Ispaniya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan “Levante” – “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Syudad de Valensiya” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 5:4 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Mezbonlar tarkibida Emmanuel Boateng xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Enis Bardi dublga erishdi. “Barselona”ning gollariga Luis Suares va uch bor darvozani aniq nishonga olgan Filippe Koutino mualliflik qildi.

Shu tariqa, Messisiz maydonga tushgan kataloniyaliklar ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatlarini qabul qilib oldilar.

Ispaniya chempionati, 37-tur.
“Levante” – “Barselona 5:4”.
Gollar: Boateng (9, 30, 49), Bardi (46, 56) – Koutino (38, 59, 64), Suares (71, penalti).

“Levante”: Olasabal, Rober, Luna, Koke, Postigo, Morales (Rochina, 85), Lukich, Kampanya, Bardi, Marti (Lerma, 69), Boateng (Passini, 77).

“Barselona”: ter Stegen, Mina, Alba, Nelson Semedu, Vermalen (Pike, 31), Buskets, Rakitich, Inesta (Denis Suares, 60), Koutino, Dembele (Pako Alkaser, 60), Suares.

Ogohlantirishlar: Vermalen (20), Bardi (22), Boateng (37), Koke (62), Buskets (65), Kampanya (70), Suares (88), Lerma (88), Denis Suares (89), Passini (90), Pike (90), Mina (90).

Akmalxon Eshonxonov


VIDEONI KO'RISH

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yo‘qligi, Barselona, messi, pand berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя