Главная » 2017 » Январь » 30 » Muqaddas Sa’dullayevaning turmush o‘rtog‘iga atalgan so‘zlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda
15:04

Muqaddas Sa’dullayevaning turmush o‘rtog‘iga atalgan so‘zlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda


Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan so‘zlari uning muxlislarini o‘yga toldirdi. 

Muqaddasning o‘zi bu so‘zlarni“Qalb daftaridan bitiklar” deb atadi. So‘zlar ma’nosidan bu uning turmush o‘rtog‘iga atalganini sezish qiyin emas.

“Men sen bilan bo‘lgan hayot o‘yinida g‘olib chiqdim. Chunki menda U bor! Senda esa yo‘q! U meni Hayotim mazmuni , ertangi kunim quyoshi, quvonchi , yashashga umidim, umrimning mazmuni! Senda yana shunday o‘zi kichkina, aslida esa Katta Baxt bo‘lmish mo‘jizaviy ne’mat bo‘lishi Dargumon! Chunki xor qilganingga zor bo‘lasan deb bejiz aytishmagan Dono xalqimiz! Men birovni oilasiga ya’ni birovni eriga hatto nogahon qarab qolishdan qo‘rqaman, ayolini diliga nogoh ozor berib qo‘yishdan qo‘rqaman, buni o‘zimga or deb bilaman, zinodan qo‘rqaman, farzandimni halol katta qilishga intilaman, chunki halollikda gap ko‘p, shuning uchun hamisha vijdonim oldida mag‘rur bosh ko‘taraman! Farzandimni nas balosidan uzoq tutaman, har dam Allohim meni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasiligini so‘rayman! Jajjigina farishtacham kelajagi, taqdiri men uchun Birinchi o‘rinda! Taqdiri go‘zal bitilishini Yaratgandan tinmay so‘rayman! Hayotda ko‘p qoqildim, lekin or-nomusimni sotmadim, yelkamda har dam oilam mas’uliyati og‘ir bosilib turdi, ba’zida erkak bo‘lib tug‘ilsam oilam mustahkam bo‘lardi, deb o‘ylab qolaman, chunki senga nisbattan mas’uliyatli ekanimni yaxshi bilaman. Mayli Yaratganga shukur, unga shirk keltirish katta gunoh deb o‘zimni ovutaman! Vaqti keladi qo‘lingdagi qo‘g‘irchoqlar seni arzon sotib ketadi, afsuslanasan, hayotdagi eng go‘zal baxting oilangni yo‘qotganingni tushunib yetasan. Lekin unda hammasi uchun juda kech bo‘ladi ! Ha aytgancha menda qalb go‘zalligi birinchi o‘rinda, sen birovlarga aytganchalik xohlaganing kabi go‘zal bo‘la olmaganim uchun kechir. Senga xusni jamoli misli oy kabi go‘zal yor tilab qolaman! Faqatgina yaratgandan so‘raymanki, qalbi mendek samimiy bo‘lmasin! Chunki senga asosiysi qalb emas, asosiysi go‘zal Siymo! Qalbimni o‘zim bilan mangulikga olib ketaman... Mayli barchasi uchun shukur , Yaratganga hamdu sanolar aytaman, barcha bergan sinovlaridan Sabr bilan o‘taman! Biz kuchlimiz bunga ishonaman !”,—deb yozdi Muqaddas Sa’dullayeva o‘zining Instagram`dagi sahifasida.

Muqaddas Sa’dullayeva 2014 yilda aktyor Sanjar G‘aniev bilan turmush qurgan edi. Ularning oilasida 2015 yilning 11 sentabr kuni qiz farzand dunyoga keldi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Muqaddas Sa’dullayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя