Главная » 2020 » Ноябрь » 16 » Namanganda 8 yashar bolaning murdasi topildi. U qotillik qurboni bo‘lgan
20:09

Namanganda 8 yashar bolaning murdasi topildi. U qotillik qurboni bo‘lgan


Namangan viloyati Norin tumanida 8 yashar bolaning jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumot berdi.  

Qayd etilishicha, kecha, 15 noyabr kuni soat 20:30 atrofida Norin tumani, Norinkapa mahallasi hududida joylashgan “Qambarali ota nabirasi Baxtiyor” fermer xo‘jaligining dala shiyponi o‘tin xonasidan 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan I.U.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Shu kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fosh etish choralari ko‘rilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namanganda, Bolaning, topildi. qotillik, murdasi, qurboni bo‘lgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя