Главная » 2020 » Июль » 9 » Namanganda qum to‘kishga kelgan “ZIL” xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketdi
11:12

Namanganda qum to‘kishga kelgan “ZIL” xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketdi


4-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro o‘z boshqaruvidagi “ZIL-130” avtomashinasida 2 yoshli bolakayni bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining “ZIL-130”da Namangan shahar Nurobod mahallasidagi xonadonlarning birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari uchun qum yetkazib bergan. Qumni belgilangan joyga to‘kib, qaytayotganida xonadon egasining 2018-yilda tug‘ilgan farzandi “ZIL” ostida qum o‘ynab o‘tirgan bo‘lgan. Haydovchi bolakayni ko‘rmay qolib, uni bosib ketgan.

Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Toshkentda Spark to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan 2 yoshli bolani urib ketgani va bolakay olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 2 yoshli farzandini, “ZIL”, xonadon egasining, bosib ketdi, qum to‘kishga kelgan, Namanganda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя