Главная » 2018 » Март » 30 » Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi o‘zgardi
18:52

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi o‘zgardi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” Adliya vazirligiga asosan yozmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan lisenziyalanadi.

Bungacha lisenziyalash Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini lisenziyalash komissiyasi tomonidan amalga oshirib kelingan.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida lisenziya beriladi. Lisenziyada faoliyatning lisenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha lisenziya olish uchun lisenziya da’vogari tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborishi lozim.

Lisenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga lisenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Nodavlat ta’lim xizmatlari, litsenziya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя