Главная » 2018 » Март » 30 » «O‘zbekenergo» nima sababdan elektr energiyasi narxi oshirilayotganini izohladi
18:52

«O‘zbekenergo» nima sababdan elektr energiyasi narxi oshirilayotganini izohladi


O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi tariflari ham oshmoqda. Bu esa fuqarolar, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama etilyapti. “Xalq so‘zi” muxbiri ko‘pchilikni qiziqtirayotgan masala, ya’ni energiya narxining ko‘tarilishi sabablariga oydinlik kiritish maqsadida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Abdihamid Jo‘raevga murojaat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizidan ortig‘i issiqlik elektr stansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu sub’ektlarda elektr toki hosil qilish uchun katta miqdorda gaz, mazut, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i mahsulotlari sarflanadi. Ushbu yoqilg‘i mahsulotlari narxining o‘zgarishi, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarifiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, u ta’riflarni guruhlash haqida ham aytib o‘tdi.

“Shu davrga qadar amal qilib kelgan elektr energiyasi tarif guruhlari 10 tani tashkil etib, ulardan amaliyotda foydalanishda qiyinchilikka duch kelinayotgan edi. Bugungi kunda murakkab tuzilgan guruhlashdan voz kechilib, soddalashtirilgan tartibga o‘tilayotir. Natijada 2018 yildan e’tiboran elektr energiyasi tarif guruhlari soni 4 taga qisqartirildi”, - deydi A.Jo‘raev.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil iyul oyidan boshlab shu kungacha aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVt.s elektr energiyasi 204,3 so‘m edi. Ushbu narx shu yil 1 apreldan 228,6 so‘m etib belgilandi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVt.s uchun 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Nodavlat ta’lim xizmatlari, litsenziya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя