Главная » 2017 » Май » 4 » ​Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi
19:03

​Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi


Rossiyaning Novosibirsk shahar munisipial avariya-qutqaruv xizmati xodimlari mazkur shaharda yashovchi ayolning uyiga kirib olgan zaharli ilonni tutdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ishdan qaytgan ayol kvartirasida o`rmalab yurgan ilonni ko`rib, qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qildi. Himoya vositalari bilan qurollangan qutqaruvchilar sudralanuvchini paketga solib, hayvonot bog`iga olib ketishdi. Novosibirsk shahar hayvonot bog`i xodimlarining so`zlariga qaraganda, ilon zaharliga o`xshagan. Bu narsa ilonning qaysi turga mansubligi aniqlangandan keyin ma`lum bo`ladi. Ilonning qanday qilib kvartiraga kirib qolgani sirligicha qoldi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ilon, kirib oldi, ​Novosibirsk, zaharli ilon, uy, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя