Главная » 2020 » Сентябрь » 18 » Nozik mavzu: Og‘izdagi badbo‘y hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?
22:22

Nozik mavzu: Og‘izdagi badbo‘y hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?


Og‘iz hidlanishiga faqatgina sarimsoq piyoz emas, balki bakteriya, shamollash, kasallik va hazm tizimi bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin. Quyida og‘izdan badbo‘y hid kelishida samara beradigan usullar haqida ma’lumot beramiz.

Yoga bilan shug‘ullaning

Nafas mashqlarini bajarish burun-halqumdagi badbo‘y hidlardan qutulishga yordam beradi.

Sodali suv iching

Bir stakan suvga yarim choy qoshiq soda qo‘shib iching.

Qanday uxlashingizga e’tibor bering

Og‘izni ochib uxlash yoki xurrak otish so‘lak ishlab chiqarilishini kamaytirishi sabab sog‘lom nafas olishga xalaqit beradi.  Shu sabab yonboshlab yoki qorin bilan uxlash tavsiya qilinadi. Ertalablari qiynalib nafas olish uyqu apnoesidan darak berishi mumkin va bu holatda shifokorga borish tavsiya qilinadi.

Aloy sharbatini iste’mol qiling

Mazkur sharbat tish orasidagi va og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarini tozalashga yordam beradi.

Chekishni tashlang

Chekish og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarni ko‘paytiradi, bu esa badbo‘y hidlanishga olib keladi.

Ko‘proq suyuqlik iching

Organizmga suv yetishmaganda kam miqdorda so‘lak ajraladi, bu esa og‘iz hidlanishiga sabab bo‘ladi.

Olma yeyishni kanda qilmang

Meva tarkibidagi C vitamini mikroblarni o‘ldiradi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hiddan qutilishga yordam beradi.

Saqich chaynang

Badbo‘y hiddan qutulishning eng oson va eng ko‘p tarqalgan usuli saqich chaynash hisoblanadi. Saqich og‘izdagi qoldiq va bakteriyalardan qutulishga yordam beradi.

Choy iching

Tushlikdan keyin qahva o‘rniga bir finjon qora yoki ko‘k choy iching. Choy tarkibidagi polifenollar sabab kutgan natijaga erishishingiz mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: badbo‘y, Og‘izdagi, mavzu, hiddan, mumkin, xalos bo‘lish, Nozik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя