Главная » 2017 » Май » 3 » O‘zbek kinematografiyasini yangi davr kutmokda
15:44

O‘zbek kinematografiyasini yangi davr kutmokda


Bugun Toshkentda mamlakatimizda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va yosh kinoijodkorlarfaoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berish kabi bir qator ijtimoiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz direktori Oybek Abdushukurov Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaribyuilan tanishtirdi:

tashkilot a’zolari va kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

ularning professional ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqarui organlari, NNT va boshqa korxona, tashkilot, muassasalarda ifoda etish;

milliy manfaatlarimizga, urf-odatlarimizga mos keluvchi kino ishlab chiqarishlariga erishish va ularni mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilinishiga ko‘maklashish;

sohada xalqaro aloqalarni mustahkamlash;

kinematografiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani yaratishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda tashabbuskor bo‘lish va ishtirok etish;

Tashkilot a’zolarining mualliflik va turdosh huquqlarini, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini hmoya qilishga ko‘maklashish;

Kinoprokat tizimini tashkil etish.

Tadbir davomida bugungi kinematografiyaning xususiy sektorida yechimini kutayotgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi va Markaz tomonidan rejalashtirilayotgan ularga mos yechimlar taklif qilindi.

Tadbirda kinoshunos Nigora G‘aniyev hamda “O‘zbekkino” MA direktori o‘rinbosari Nizomi Mahmudov yig‘ilganlarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.

Tantanali ochilish marosimida kino arboblari, kino tanqidchilar, aktyor va aktrisalar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar va Markaz yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: O'zbek Kino, kino | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя