Главная » 2017 » Июль » 14 » O‘zbekistonda tarqatishga tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxati tasdiqlandi
11:35

O‘zbekistonda tarqatishga tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxati tasdiqlandi


O‘zbekistonda tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatidan 225 ta kartina o‘rin olgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Intellektual mulk agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasida ekspert komissiyasi O‘zbekistonga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatini tasdiqlagan.

Ro‘yxatdan syujetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini, shuningdek axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar bo‘lgan 225 ta xorijiy kinofilm o‘rin olgan.

Ro‘yxatdan “La’nat”, “Astral”, “Juda qo‘rqinchli kino”, “Arra”, “Tepaliklarning ko‘zlari bor”, “Yovuzlik maskani” va boshqa film hamda seriallar o‘rin olgan (to‘liq ro‘yxat rus tilida berilgan).


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: kino | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя