Главная » 2016 » Ноябрь » 8 » O‘zbekiston aholisi super oy hodisasining guvohi bo‘lishadi
14:56

O‘zbekiston aholisi super oy hodisasining guvohi bo‘lishadi


14 noyabr kuni Yerliklar so‘nggi 70 yildagi eng katta va yorqin Oyni kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi. Keyingi safar bunday astronomik holatni 2034 yilda kuzatish mumkin bo‘ladi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni Yerning yo‘ldoshi 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq bo‘ladi. Bunday holat Oy va Yerning maksimal yaqinlashishi hisobiga sodir bo‘ladi.

Super Oy hodisasi dunyo vaqti bilan soat 11:23 da yoki Toshkent vaqti bilan soat 16:23 da sodir bo‘lib, soat 18:52 da pik holatiga yetadi.

UZ24 nashriga Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutidan xabar berishlaricha, O‘zbekiston aholisi ham Superoy hodisasining guvohi bo‘lishlari mumkin. Bu hodisa Quyosh botganidan so‘ng sodir bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: super oy hodisasi, O‘zbekiston aholisi, guvohi bo‘lishadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя