Главная » 2020 » Июль » 17 » O‘zbekiston dorixonalarida qaysi preparatlarga talab oshgani aniqlandi
19:42

O‘zbekiston dorixonalarida qaysi preparatlarga talab oshgani aniqlandi


ArzonApteka dori vositalari qidiruv tizimi so‘nggi 10 kun davomida O‘zbekistonda eng ko‘p qidirilgan virusga qarshi qo‘llaniluvchi preparatlar ro‘yxatini e'lon qildi. Unga ko‘ra, “Arbidol”, “Ergoferon”, “Azitromitsin”, “Azimak”, “Groprinosin” eng ko‘p qidirilgan dori vositalari bo‘lgan.

8—17-iyun kunlari ushbu preparatlarga bo‘lgan talab quyidagicha bo‘lgan:

  •  “Arbidol” — 270
  • “Ergoferon” — 185
  • “Azitromitsin” — 260
  • “Azimak” — 330
  • “Groprinosin” — 240

6—15-iyul kunlari esa ushbu dori vositalariga talab quyidagicha oshgan:

  • “Arbidol” — 61 370
  • “Ergoferon” — 19 900
  • “Azitromitsin” — 9835
  • “Azimak” — 8740
  • “Groprinosin” — 7035

Avvalroq Buxorodagi dorixonalarda virusga qarshi dori vositasi qolmagani ma'lum qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelinganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishida dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilganini tanqid qilgandi.

Selektor davomida koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e'lon qilindi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aniqlandi, dorixonalarida, O‘zbekiston, qaysi preparatlarga, talab oshgani | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя