Главная » 2017 » Апрель » 3 » O‘zbekiston fuqarolari AQShga vizasiz boradi...mi?
21:35

O‘zbekiston fuqarolari AQShga vizasiz boradi...mi?


Kecha, 2 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp barcha o‘zbekistonliklar uchun vizasiz siyosat haqidagi farmonni imzolagani xususidagi xabar internet olamini bosib ketdi.

Mazkur farmonga ko‘ra, endi O‘zbekiston fuqarolari AQShga faqat ish yo sayohat uchun kelib, 180 kun davomida vizasiz yurishlari mumkin edi. 180 kundan oshib ketsa, belgilangan tartibda viza olardi.

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan bog‘landik. Ularning tasdqilashicha, bu yolg‘on xabar va rasman tasdiqlansa, o‘zlari xabar berishlarini ma’lum qilishdi.

"Bizga bu borada ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Lekin hali rasmiy ma’lumot chiqmadi. Yangilik bo‘lsa, saytimizda, albatta, ma’lum qilamiz", dedi elchixona xodimi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, O‘zbekiston fuqarosi, viza | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя