Главная » 2018 » Январь » 26 » O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda
20:35

O‘zbekiston o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda



O‘zbekiston yaqin vaqtlarda o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Bu bizning strategik yo‘nalishlarimizdan biri. Aerokosmika sohasidagi ishlanmalar yo‘qotildi, 25 yil davomida bu sohada hech qanday ish qilinmadi, shuning uchun biz hozir o‘z aerokosmik zonamizdan foydalanmaymiz”, — dedi vazir.

“Hozirda ushbu sohada strategik rejalar ishlab chiqilmoqda va eng katta qadamlardan biri o‘z sun’iy yo‘ldoshlarimizning uchirilishi bo‘ladi”, — dedi Ibrohim Abdurahmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi hayotning ko‘plab sohalari, jumladan televideniye va internetni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir eng asosiy vazifalar sifatida aerokosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etishni ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi Davlat dasturida 2035-yilgacha O‘zbekiston aerokosmik sanoatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda milliy aviatsiya sohasini qayta tiklash haqida ham so‘z boradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, sun’iy yo‘ldosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя