Главная » 2018 » Январь » 28 » O‘zbekiston Osiyo chempioni!
16:15

O‘zbekiston Osiyo chempioni!


Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Oppoq qor ostida boshlangan uchrashuvda dastlabki gol 8-daqiqada kiritildi. Rustam Ashurmatov burchakdan yetkazib berilgan to‘pga boshi bilan zarba berib hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin vetnamliklar yarimhimoyachisi Nguen Syuang Hai jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Bu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi daqiqalarida esa Andrey Sidorov tomonidan kiritilgan gol O‘zbekistonga g‘alabani taqdim etdi. Natijada O‘zbekiston bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Osiyo chempionati U-23
Final
Vetnam U-23 - O‘zbekiston U-23 1:2 (1:1)
Gollar: Nguen Syuang Hai (41) - Rustamjon Ashurmatov (8), Andrey Sidorov (120).

Vetnam U-23: 1.Bui Tien Dung, 2.Pxam Xuan Man, 4.Bui Tien Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Xpam Duk Xuy (Xa Duk Chin, 57), 10.Nguen Kong Pxuong (20.Bui Tien Dung, 80), 11.Do Duy Man, 14.Pxan Van Duk (7.Nguen Xong Duy, 109), 17.Vu Van Tan, 19.Nguen Kuang Xai, 21.Tran Din Trong.

O‘zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobur Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon G‘aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboyev (16.Doniyor Narzulaev, 46), 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidorov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Osiyo chempioni!, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя