Главная » 2018 » Январь » 7 » O‘zbekistonda 1-avgustdan suyultirilgan gaz yagona chakana narxda sotila boshlaydi
22:05

O‘zbekistonda 1-avgustdan suyultirilgan gaz yagona chakana narxda sotila boshlaydi


Vazirlar Mahkamasi 29-dekabr kuni “Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjatga muvofiq, 1-apreldan suyultirilgan gazning bir kilogrammi Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisiga 500 so‘mdan, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari aholisiga 700 so‘mdan, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisiga 720 so‘mdan sotiladi.

1-avgustdan esa ushbu yoqilg‘i yagona chakana narxda sotilishi belgilab qo‘yildi.

Norma qayd etishicha, shu paytgacha 1994-yilning oktabridan buyon gazni sotishda kelishilgan (erkin) narx qo‘llanib kelingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yagona gaz, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя