Главная » 2016 » Декабрь » 6 » O‘zbekistonda 2017 yil 1 yanvardan alkogol mahsulotlari narxi o‘zgaradi
10:29

O‘zbekistonda 2017 yil 1 yanvardan alkogol mahsulotlari narxi o‘zgaradi


Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qarori (ro‘yxat raqami  2845, 2016 yil 1 dekabr) bilan 2017 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) yangi minimal ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi, deb yozadi “Norma.uz”.

Unga ko‘ra: 

•  1 litr vinoning eng kam ulgurji-sotuv narxi 5 400 so‘m, eng kam chakana narxi esa 6 500 so‘mni;
•  konyakning eng kam ulgurji-sotuv narxi 17 200 so‘m, eng kam chakana narxi 20 600 so‘mni;
•  aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining narxi eng kam ulgurji-sotuv narxi 12 900 so‘m, eng kam chakana narxi 15 500 so‘mni tashkil qiladi.

Mazkur hujjatning to‘liq matni bilan, u bilan bog‘langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan  yaqin kunlarda “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi” axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: alkogol, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя