Главная » 2018 » Апрель » 20 » O‘zbekistonda avtomobil raqamlari yana almashtirilishi haqidagi xabarlar rasman rad etildi
21:31

O‘zbekistonda avtomobil raqamlari yana almashtirilishi haqidagi xabarlar rasman rad etildi


O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Bugun, 20 aprel kuni internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda avtomototransport vositalari uchun amaldagi davlat raqam belgilari almashtirilishi to‘g‘risida turli ma’lumotlar tarqaldi.

Yuqoridagilarga asoslanib quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 116-sonli qaroriga asosan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilning oktabr oyidan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunasi joriy etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi «Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» 131-sonli qaroriga asosan hozirgi kunda amalda bo‘lgan avtomototransport vositalari uchun milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va standartlarga muvofiqligini ta’kidlash joiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 18 aprel kuni tasdiqlangan PQ-3673-sonli «Investision loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan transport vositalariga tegishli qog‘oz hujjatlarni, ushbu hujjatlardagi barcha ma’lumotlarni transport vositalari egalarining ID-kartalariga kiritgan holda bekor qilish, amaldagi davlat raqam belgilarini xalqaro namunadagi davlat raqam belgilariga almashtirishni ko‘zda tutuvchi, transport vositalarini hisobga olish tizimini yaratish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning taklifi ma’qullangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, respublikamiz hududida transport vositalarini hisobga olish tizimini yaratish, ushbu sohaga axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich faoliyat olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida esa faqatgina transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimini yaratish haqida so‘z yuritilmoqda», deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasining «Kun.uz»ga yo‘llagan rasmiy javobida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobil raqamlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя