Главная » 2016 » Ноябрь » 8 » O‘zbekistonda daraxt gullagani haqida xabar berildi
14:56

O‘zbekistonda daraxt gullagani haqida xabar berildi


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishiga ko‘ra, havo issiqligi sababli Toshkentning Nazarbek mahallasida olcha daraxti gullagan.

O‘zbekistonda joriy haftada havo harorati 22 darajagacha isiydi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Kelayotgan hafta issiq bo‘ladi, 7-8 noyabrda havo harorati 15-20 daraja bo‘ladi. 9 noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin havo harorati pasaymaydi. 10 noyabrdan boshlab Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 22 darajagacha isishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham havo isiydi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 20 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li tumanlarda 10-12 noyabr kunlari havo harorati 10-15 gradusni tashkil qiladi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: gulladi, daraxt gulladi, daraxt, o'zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя