Главная » 2021 » Март » 12 » O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha tushib ketadi – "O‘zgidromet"
09:53

O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha tushib ketadi – "O‘zgidromet"


Sinoptiklarni ma’lum qilishicha, 13-14 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

13-14 martda respublikada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.  

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.  

14-15 martda harorat  kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.

13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: harorat, O‘zbekistonda, O‘zgidromet | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя