Главная » 2023 » Июль » 6 » O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirdi
19:19

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirdi


O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev Respublikaning to‘rtta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda u Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 5-7 iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi:

  • Toshkent viloyati – Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati – So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi Sherzod Habibullayev.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ogohlantirdi, shoshilinch, O‘zgidromet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя