Главная » 2017 » Январь » 4 » O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonun kuchga kirdi
17:57

O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonun kuchga kirdi


3 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun imzoladi. 

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan.

Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonuni 6 bob hamda 34 moddadan iborat.

Mazkur Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Qonunda korupsiyaga qarshi kurashi bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida quyidagilar belgilandi:

– Bosh prokuratura;
– Milliy xavfsizlik xizmati;
– Ichki ishlar vazirligi;
– Adliya vazirligi;
– Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.  

Qonunga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiqq mahrum etilishi mumkin.

Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qonun kuchga kirdi, O‘zbekiston, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘ | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя