Главная » 2018 » Май » 27 » O‘zbekistonda oilalarning ajralib ketishiga nima sabab bo‘ladi?
08:43

O‘zbekistonda oilalarning ajralib ketishiga nima sabab bo‘ladi?


2018 yilning 2 fevral kuni “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi o‘z ish faoliyatini boshlagan edi.

Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida tashkil etilgan “Oila markazi 100 kun ichida: faoliyat sarhisobi va istiqbol” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda markazning o‘tgan davr mobaynida, ya’ni dastlabki 100 kun ichida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, Markazning viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari tashkil etildi hamda malakali kadrlar bilan ta’minlandi. Unga yetakchi olimlar, professorlar, huquqshunoslar, psixologlar, sotsiologlar, xorijiy ekspertlar va boshqa mutaxassislar keng jalb etildi.

Kuni kecha Markazning mas’ul xodimlari, fan doktorlari, professorlar va fan nomzodlari, ilmiy tadqiqotchilardan iborat 4 ta Ishchi guruhi Sirdaryo viloyatining 4 ta shahar va 7 ta tumanida xonadonma-xonadon yurib tadqiqotlar olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, viloyat aholisi mamlakat aholisining 2,5 foizini tashkil etadi, biroq, bu hududdagi ajralishlar respublika ko‘rsatkichining 4 foizini qamrab olmoqda.

Tadqiqotchilar, oilaviy ajirimlarning sabablarini o‘rganib chiqib, bunga birinchi navbatda er va xotin o‘rtasidagi bir biriga bo‘lgan ishonchsizlik, begona kishilarning o‘rinsiz aralashuvi, farzandsizlik va turmushdagi moddiy yetishmovchiliklar ta’sirida kelib chiqayotganini ma’lumot o‘rnida aytib o‘tdi. Ayniqsa, ishlash maqsadida oila boshilarining xorijga ketishi sabab bo‘layotgan ajirimlar yuqori foizni ko‘rsatayotgani jiddiy muhokamaga sabab bo‘ldi.

– Ajirimlarni kamaytirish maqsadida butun respublika bo‘ylab “Oila” markazining viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan “Ahil oila sari qadam” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida Respublika miqiyosida 300 ga yaqin oila ajralishining oldi olindi, deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Dilbar Alimjanova.

Mavzuga oid takliflar hamda fikr-mulohazalar qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Shu yerning o‘zida mutasaddilar tomonidan oilalarga ko‘maklashish tartibi ishlab chiqilishi hamda uning nazoratini o‘z zimmasiga olishi aytib o‘tildi.

Durdona G‘aybullayeva


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: bo‘ladi, ajralib ketish, oilalar, nima sabab, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя