Главная » 2021 » Январь » 1 » O‘zbekistonda Škoda Kodiaq sotila boshlandi. U qanaqa avtomobil?
21:30

O‘zbekistonda Škoda Kodiaq sotila boshlandi. U qanaqa avtomobil?


Driver’s Village ŠKODA dilerlik markazida yangi krossoverning ilk xaridorlariga avtomobillarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ŠKODA savdo belgisining ilk dilerlik markazi ochilishida Volkswagen konsernining krossoverlar turkumidagi flagmani, 2021 model yiliga mansub ŠKODA KODIAQ to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasi taqdim etilgan edi. Avtomobillar mahalliy iqlim va foydalanish sharoitini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan va 2,0 litrli 180 ot kuchi va 320 n.m. aylanma lahzasiga ega turbo dvigatel bilan boyitilgan.

To‘liq o‘lchamli ŠKODA KODIAQ krossoveriga:

✔️ Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda 2 yillik kafolat muddati
✔️ Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda lak va bo‘yoq qoplamalariga 3 yillik kafolat
✔️ Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda korroziyadan himoyaga 12 yillik kafolat

Ma’lumot uchun:
ŠKODA KODIAQ faol va nofaol keng turdagi xavfsizlik to‘plami, elektron yordamchilar, shuningdek, 9 ta xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan. Ushbu model maksimal baho — yangi avtomobillarni baholash bo‘yicha Yevropa dasturi ekspertlarining 5 yulduziga ega.

O‘zbekistonda ŠKODA KODIAQ 2 xil turda taqdim etilgan: besh o‘rindiqli «Ambition» va top turdagi 7 o‘rinli «Style». Siz unda to‘la raqamli uskunalar paneli, 360 darajali kamera, smartfon uchun simsiz quvvatlantirgich va AppleCar Play Android Auto interfeysi, to‘liq chiroq-diodli faralarni ko‘rishingiz mumkin. Avtomobilda to‘liq elektropaket, charm salon, xotirali old o‘rindiqlar va boshqa ko‘plab qulayliklar mavjud.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sotila, Škoda Kodiaq, avtomobil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя