Главная » 2022 » Август » 25 » Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan 53-kilometrigacha bo‘lgan qismi yopiladi
17:56

Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan 53-kilometrigacha bo‘lgan qismi yopiladi


Toshkent – Chirchiq – Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan 53-kilometrigacha bo‘lgan qismi yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari o‘tkazilishi munosabati bilan tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

"Shu munosabat bilan 2022-yilning 25-avgust kuni soat 17:00 dan to 23:00 ga qadar Gʻazalkent shahri hududidan o‘tgan 4R6 Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan (Gʻazalkent shahriga asosiy kirish yo‘li Bukri (gorbatiy) ko‘prik oldidan) 53-kilometriga (Ibn Sino ko‘chasidagi qurilish do‘koni) qadar to‘liq transport vositalari harakati cheklanadi",— deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 53, Chirchiq, qismi, toshkent, Chimyon, avtomobil, yopiladi, yo‘lining, bo‘lgan, kilometridan, kilometrigacha, 51 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя