Главная » 2020 » Апрель » 28 » O‘zbekistonda yana 34 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
20:28

O‘zbekistonda yana 34 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi


Bugun ham o‘tgan kunlardagi kabi koronavirus infeksiyasiga chalingan ko‘plab bemorlarning guruh-guruh bo‘lib sog‘ayib chiqishayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Barchamiz uchun quvonchli bo‘lgan ushbu jarayonda shifokorlarimizning hissasi ulkan ekanini, yana bir bor, alohida e’tirof etish joiz.

Ayni shu soatlarda Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Endilikda darddan forig‘ bo‘lganlar Andijonda 88 nafarni, Surxondaryoda esa 18 nafarni tashkil qilmoqda.
Shunday qilib, bugunning o‘zida  100 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 992 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, bemor koronavirusdan, sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя