Главная » 2020 » Май » 27 » O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgan 32 bemor sog‘aydi
20:01

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgan 32 bemor sog‘aydi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini ortda qoldirib, sog‘ayganlar soni 2668 nafarga yetdi.

Ayni soatlarda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, poytaxt Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastarg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichiga 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 254 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichiga 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar 980 nafarga yetdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: olgan, sog‘aydi, Koronavirusni, O‘zbekistonda, yuqtirib, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя